<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Koʻzingizga koʻzim tushsa
 Qalbim shodlik bilan toʻlar
 Xazon yaproqlardek umr
 Kim tugʻilar, kimdir oʻlar.

[V2]
 Sevgi qolar koʻzda qalqib
 Qadr bilmas inson umri
 Qabrim uzra yigʻlamanglar
 Qadrim uchib ketgan qumri...

[V3]
 Asrang oʻzingizni hech yoʻq
 Asrang yurak degan qushni
 Yelkalarda tobut qalqir
 Qoldirgancha xayr xoʻshni

[V4]
 Jigarlarim, yaqinlarim
 Tiriklikda tonmang oʻzdan
 Umr nima qumsoatdek
 Oqib, gʻoyib boʻlar koʻzdan.

[V5]
 Xudoyim bor, tirik Xudo
 Jannatlarda meni kutar.
 Tavba qiling, jigarlarim
 Shunda Sizga Najot yetar</lyrics>
<title>Koʻzingizga (anʼanaviy)</title>
</song>